01/05/2024

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda jami yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibida eng katta ulush Urganch (11,3 %), Qo‘shko‘pir (11,2 %), Xonqa (10,3 %) va Gurlan (10,1 %) tumanlariga to‘g‘ri keldi.

Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘sish sur’atini hududlar kesimida tahlil etar ekanmiz, yuqori o‘sish sur’atlari Yangibozor (107,1 %),  Xonqa (106,9 %), Bog‘ot (106,8 %) va Tuproqqal’a (105,1 %) tumanlarida qayd etildi.

 Axborot xizmati