01/05/2024

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning 1- may kuni  viloyat bo‘yicha yakka tartibda foydalanishga topshirilgan turar joylarning tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazish tartibi yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda boshqarma boshlig‘i A.O‘tamuratov, Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi boshlig‘i B.Tillayev, bosh mutaxassis G.Xaitbayevalar tomonidan hududiy bo‘lim mas’ullariga ushbu kuzatuvlarni olib borishda asosiy e’tibor qaratishi kerak bo‘lgan jihatlar, oldingi kuzatuvlar natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari yuzasidan alohida tushuntirish berib o‘tildi.
Mazkur o‘rganishlar davomida ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning qiymati, ya’ni umumiy qurilish osti maydonining 1 kv metri uchun sarflangan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlar yig‘iladi.

Axborot xizmati