2024- yilning yanvar-mart oylarida barcha transport turlari tomonidan viloyatimizda 9,0 mln tonna yuk tashilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,3 %ni tashkil etdi.
Tuman va shaharlar bo‘yicha tashilgan yuk bo‘yicha yetakchi o‘rinni Urganch tumani (1 500,8 ming tonna) egalladi.
Viloyat bo‘yicha tashilgan jami yukning 16,5 %i shu hudud hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati