16/04/2024

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2024- yilning yanvar-mart oylarida Xorazm viloyatining bozor xizmatlari hajmi 3 632,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning  yanvar-mart oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 116,8 % darajada kuzatildi.

Xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlikning ulushi 58,8 %ni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga o‘rtacha xizmatlar hajmi 1 817,2 ming so‘mga to‘g‘ri kelgan.

Xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlarning jami korxonalar sonidagi ulushi 66,4 %ni tashkil qilgan.

 

 

Axborot xizmati