16/04/2024

Joriy yilning yanvar-mart oylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2 788,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023–yilning yanvar-mart oyiga nisbatan 10,1 % ga oshdi.

Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 94,9 % ni tashkil etdi.

Hududlar orasida  kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmining yuqori o‘sish sur’ati Xiva tumani (116,6 %), Urganch shahri (114,3 %), Xonqa (111,3 %), Qo‘shko‘pir (110,2 %) va Gurlan (109,2 %) tumanlarida qayd etilgan.

 

 Axborot xizmati