13/04/2024

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Yangiariq tumanida  23,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qurilish ishlarining  o‘sish sur’ati 106,6 %ni tashkil etgan.

Umumiy hajmning 11,6 mlrd so‘mi yoki 50,4 %i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Joriy yilning 1- mart holatiga tumanda 90 ta kichik korxona va mikrofirma qurilish yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatgan.

 

Axborot xizmati