01/04/2024

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Yangiariq tumanida faoliyat yuritgan sanoat korxonalari tomonidan  124,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Shundan 96,2 %i (119,2 mlrd so‘mi) ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Tuman sanoatida yuqori salmoqqa to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ega bo‘lgan va 69,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek yuqori hajm elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash (42,5 mlrd so‘m), oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (7,1 mlrd so‘m), mebel ishlab chiqarish (1,0 mlrd so‘m) sohalarida qayd etilgan.

 Axborot xizmati