01/04/2024

2024- yilning 28- mart kuni Urganch shahridagi 22-son umumta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga bagishlangan seminar tashkil etildi.


Viloyat statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi I. Polvonova ta’lim muassasasi o‘quvchilariga ushbu tadbirni o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida zarur tushunchalarni berdi.


Tadbir yakunida o‘quvchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.


Axborot xizmati