25/03/2024

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning 25- mart kuni savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvini tashkil etishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.


Seminarda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari X.Egamov, Tashqi savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Davletovlar tomonidan hududiy bo‘lim mas’ullariga ushbu kuzatuvlarni olib borishda asosiy e’tibor qaratishi kerak bo‘lgan jihatlar, oldingi kuzatuvlar natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari yuzasidan alohida tushuntirish berib o‘tildi.


Mazkur o‘rganishlar davomida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning bir kunlik sotilgan tovarlari miqdori va kunlik savdo tushumlariga oid ma’lumotlar qayd etib boriladi.


Axborot xizmati