25/03/2024

2024- yilning 25- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan vebinar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda asosiy mavzu  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning targ‘ibotiga bag‘ishlandi.

Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov Asosiy Qonunning  mazmun va mohiyati, undagi o‘zgarishlar xususida ma’lumot berdi. Shuningdek, “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori  (7 mart 2024 yil, PQ-122-son)  bilan qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar yuzasidan ham tushuntirish berildi.

Axborot xizmati