19/03/2024

2024- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizda davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 36,1 mlrd so‘mlik, nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 446,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan davlat mulkchiligidagi korxonalarning qurilish ishlari hajmi 41,6 %ga, nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar hajmi esa 17,2 %ga oshgan.

Viloyatdagi jami qurilish ishlarida ularning ulushi mos ravishda 7,5 % va 92,5 % ni tashkil etgan.

 Axborot xizmati