18/03/2024

Tabiatni asrash nafaqat azaliy urf-odat, balki ezgu qadriyat ham hisoblanadi. Xususan, muqaddas hadislarda daraxt ekish, atrof-muhitni ozoda saqlash savobli amallardan ekanligi ta'kidlangan.

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida respublikamizning barcha hududlarida, idora va tashkilotlarida tashkil etilgan  umumxalq hashari xalqimizning ana shunday o‘lmas an’analarining yana bir ifodasi bo‘ldi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi jamoasi ham mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdi.

Axborot xizmati