14/03/2024

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarni bir qator  qonunchilik hujjatlari bilan tanishtirib o‘tdi.

Xususan,  xodimlar “Mahalliy davlat hokimiyati organlarifaoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (2024- yil 2-fevral, PF-28-sonli), “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident Qarori (2024- yil 4-mart,  PQ-114-sonli), “2024- yil uchun Statistika ishlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori (2024- yil 15- yanvar, VM-30-sonli) kabi me’yoriy hujjatlarning asosiy mohiyati bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

 Axborot xizmati