14/03/2024

Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning 1- yanvar holatiga O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar soni 14,1 mln boshga yetgan.

Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 % ga oshgan.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda yirik shoxli qoramollar umumiy sonining 90,8 % i – dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, 7,3 % i – fermer xo‘jaliklari, 1,9 % i – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 Matbuot xizmati