06/03/2024

2024- yilning yanvar oyida Yangibozor tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 21,3 mlrd so‘mni tashkil etib, viloyatdagi ulushi 2,5 %ga teng bo‘lgan.

O‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan savdo hajmi 9,8 %ga oshgan.

Aholi jon boshiga o‘rtacha chakana savdo hajmi 232,3 ming so‘mni tashkil qilgan.

Chakana savdoning 79,2 %i yoki 16,9 mlrd so‘mi tumanda faoliyat yuritayotgan 502 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati