06/03/2024

2024- yilning yanvar oyida viloyatimiz bo‘yicha xizmatlar hajmining 2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 116,1 % ni tashkil qilgan.

Faoliyat yo‘nalishlari kesimida o‘sish sur’ati darajasi quyidagicha qayd etilgan:

aloqa va axborotlashtirish xizmatlarida – 115,2 %

moliyaviy xizmatlarda – 128,2 %

transport xizmatlarida – 114,1 %

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 112,1 %

savdo xizmatlarida – 110,0 %

ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarda – 116,4 %

ta’lim sohasidagi xizmatlarda – 96,7 %

sog‘liqni saqlash xizmatlarida – 129,7 %

ijara xizmatlarida – 110,7%

kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlarda – 111,5 %

shaxsiy xizmatlarda – 113,4 % 

me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 100,9 %

boshqa xizmatlarda – 114,3 %.

 

Axborot xizmati