05/03/2024

2024- yilning yanvar oyida Xiva shahrida bozor xizmatlarining umumiy hajmi 47,6 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich viloyat xizmatlar hajmining 4,3 %iga teng bo‘lgan.

Xizmatlar tarkibida savdo xizmatlari 33,1 % ulush yoki 15,8 mlrd so‘m hajm bilan yuqori salmoqqa ega bo‘lgan.

2023- yilning yanvar oyi bilan solishtirilganda savdo xizmatlarining o‘sish sur’ati 112,3 % darajada qayd etilgan.

Ma’lumot o‘rnida: 2024- yilning 1- fevral holatiga Xiva shahrida 710 ta savdo korxonasi faoliyat yuritgan.

 

Axborot xizmati