04/03/2024

Joriy yilning 1- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.


Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov seminar ishtirokchilariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (2022- yil 12- yanvar, PQ-81-sonli) hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonining (2023- yil 27- noyabr, RF-200-son)ning asosiy mazmun-mohiyati bilan tanishitirib o‘tdi.
Shu bilan bir qatorda seminarda fevral oyida mamlakatimiz qonunchiligida qabul qilingan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

 

Axborot xizmati