04/03/2024

Joriy yilning  1- fevral holatiga Shovot tumanida 325 ta oilaviy korxona faoliyat ko‘rsatgan.

Sohalar kesimida eng ko‘p shu turdagi korxonalar savdo sohasida  faoliyat yuritgan va 148 tani (jamining 45,5 %ini) tashkil qilgan.

Shuningdek, oilaviy korxonalar soni boshqa yo‘nalishlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

sanoat – 77  ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 49 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 25 ta

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 5 ta

tashish va saqlash xizmatlari – 4 ta

axborot va aloqa sohasi – 1 ta

qurilish – 1 ta

boshqa turlari – 24 ta.

 

Axborot xizmati