23/02/2024

2023- yilning  yanvar-dekabr oylari yakunlariga ko‘ra, viloyatimizda ishlab chiqarilgan  qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmida  eng katta ulush Urganch tumani hissasiga to‘g‘ri kelib, 3 047,2 mlrd so‘mni yoki 11,0 %ni tashkil etdi.

2022- yilning 12 oyiga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish  hajmi 0,9 %ga oshgan.

Tahlil qilinayotgan davrda viloyat bo‘yicha eng ko‘p sut (135,0 ming tonna) shu hududda ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, Urganch tumani mavjud sigirlar (46,7 ming bosh) va otlar (1 079 bosh)  soni bo‘yicha yetakchilik qilgan.

 

Axborot xizmati