22/02/2024

2024- yilning 22- fevral kuni kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida Urganch shahridagi 31-sonli umumta’lim maktabida seminar tashkil etildi.


Ta'lim muassasasi yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lajak tadbirning targ‘ibotiga yo‘naltirilgan ushbu seminarda boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Polvonova o‘quvchilarga aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tdi.
Tadbir yakunida talabalarning mavzuga oid savollariga javob berildi.



Axborot xizmati