22/02/2024

2023 yilning  yanvar-dekabr oyida Xonqa tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 56,5 mln AQSH dollarini tashkil etgan va 2022 yilning shu davri bilan taqqoslanganda 6,0 %ga ko‘paygan.

Shundan:

eksport – 34,8 mln dollar

import – 21,7 mln dollar.

Viloyat eksporti tarkibida Xonqa tumani 11,7 % ulushga ega bo‘lgan.

Bu hududlar ichida eng yuqori ko‘rsatkich.

Tuman eksportining asosiy salmog‘i oziq-ovqat mahsulotlari (21,2 mln dollar), sanoat tovarlari (10,0 mln dollar), ichimliklar va tamaki mahsulotlari (2,6 mln dollar) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati