15/02/2024

2024- yilning  1- fevral holatiga Xonqa tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 568 tani tashkil etib, shundan 2 013 tasi (74,8 %i) faoliyat yuritgan.

Iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha eng ko‘p korxona savdo (570 ta), sanoat (365 ta), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (282 ta), tashish va saqlash bo‘yicha xizmatlar (122 ta) sohalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Faoliyat yuritayotgan korxonalarning 1 782 tasini (88, 5 %i) kichik biznes subyektlari tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati