14/02/2024

Yangibozor tumanida 2023- yilning yanvar-dekabr oylarida umumiy hajmi 499,1 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng yuqori hajm transport xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 160,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shu bilan birga savdo (137,0 mlrd so‘m) va moliyaviy (54,2 mlrd so‘m)  xizmatlarning jami hajmdagi salmog‘i yuqori bo‘lgan.

Tumanning bozor xizmatlari hajmida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari 406,0 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati