09/02/2024

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Yangiariq tumanida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi 2 061,8 mlrd so‘m tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,1 % darajani ko‘rsatgan.

Umumiy hajmning 37,6 %i yoki 775,8 mlrd so‘mi dehqonchilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yetishtirilgan dehqonchilik  hajmida xo‘jalik toifalarining ulushi:

dehqon va tomorqa xo‘jaliklari – 79,5 %

fermer xo‘jaliklari – 16,7 %

qishloq xo‘jalik faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar – 3,8 %.

 

Axborot xizmati