07/02/2024

2024- yilning 1- yanvar holatiga Urganch shahri aholisi soni 153,1 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,1 % darajada qayd etilgan.

Shundan:

erkaklar – 76,7 ming kishi

ayollar – 76,4 ming kishi.

2023 yilning yanvar –dekabr oylarida hududda qayd etilgan demografik holatlar (o‘sish sur’ati bilan):

tug‘ilishlar – 4 558 ta (102,1 %)

nikohlar – 1 141 ta (85,2 %)

nikohdan ajralishlar – 318 ta (111,6 %).

 

Urganch shahrida 2024- yil 1- yanvar holatiga 1 kvadrat kilometrga aholi zichligi o‘rtacha 5 286 kishidan to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati