07/02/2024

2023- yilning 12 oyi yakunlariga ko‘ra, Shovot tumanida 655,2 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2022- yilning shu davriga nisbatan 111,3 %ni tashkil etgan.

Aholi jon boshiga xizmatlar hajmi o‘rtacha 3 664,6 ming so‘mni tashkil qilgan.

Xizmatlar tarkibida eng yuqori ulush transport xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 25,3 %ni yoki 165,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, yuqori ulush savdo (25,0 %) va moliyaviy (19,9 %) xizmatlarda qayd etilgan.

 

Axborot xizmati