29/01/2024

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida  viloyat bo‘yicha doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni 7 871 nafarni tashkil etib, har 1000 aholiga  ko‘chib kelish koeffitsiyenti 4,0 promilleni tashkil etgan hamda 2022- yilga nisbatan 0,6 promillega  ko‘payganligi kuzatilgan.

Ko‘chib kelganlarning 5 159 nafarini ayollar, 2 712 nafarini erkaklar tashkil etgan.

Hududlar ichida eng ko‘p ko‘chib kelganlar Urganch shahri (2 152 nafar), Urganch tumani (2 110 nafar) va Tuproqqal’a tumani (681 nafar) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati