29/01/2024

 2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda 6 347 ta yangi kichik korxona va mikrofirma (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilingan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,2 %ga ko‘pdir.

Hududlar bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Urganch  shahrida 13,3 %ni, Qo‘shko‘pir tumanida 9,6 %ni, Shovot tumanida 9,3 %ni, Bog'ot tumanida 8,7 %ni, Hazorasp tumanida 7,8 %ni, Gurlan tumanida 7,7 %ni, Yangiariq tumanida 7,0 %ni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati