26/01/2024

   Joriy  yilning  26- yanvar kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.

  Seminarda ishtirokchilar 2023- yilning dekabr oyida mamlakatimizda sud-huquq tizimini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan me’yoriy normalarning asosiy mohiyati bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

   Shu bilan bir qatorda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov  tomonidan  “2024- yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 2023- yil 25- dekabrdagi OʻRQ-886-son Qonun  hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 37-sonli qarorning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib o‘tildi.

 

Axborot xizmati