26/01/2024

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyatimizning barcha hududlarida statistika bo‘limlari xodimlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

O‘rganishlar natijasida ayrim mahallalarda raqamlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarning mavjudligi holatlari aniqlanmoqda. Olingan ma’lumotlar viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari tomonidan tahliliy o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun mahalliy hokimliklarga doimiy ravishda axborot kiritilib, kerakli chora tadbirlar  ko‘rilmoqda.

 

Axborot xizmati