25/01/2024

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining 40,4 %i yoki 2 318,9 mlrd so‘mi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Shundan 1627,2 mlrd so‘mini yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, 547,4 mlrd so‘mini jismoniy shaxslar tomonidan noturar-joylar qurilishi,144,3 mlrd so‘mini yakka tartibdagi turar-joylarni ta’mirlash ishlari tashkil qilgan.

2022- yilning mos davri bilan taqqoslaganda norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining o‘sish sur’ati 103,3 %ni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati