24/01/2024

2023- yilning 12 oyida viloyatda avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi hajmi 6 493,0 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Umumiy hajmda eng yuqori ulush Urganch shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan va 93,8 %ni yoki 6 088,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, yuqori hajm Hazorasp (103,5 mlrd so‘m) va Xonqa (81,0 mlrd so‘m)  tumanlarida qayd etilgan.

 

Axborot xizmati