24/01/2024

2023- yilning  yanvar-dekabr oylarida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan  2 874,5 mlrd so‘mlik, umumiy hajmning 50,0 %iga teng bo‘lgan qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,8 %ni tashkil qilgan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng katta hajmi Urganch shahri (586,4 mlrd. so‘m),Xiva tumani (378,8 mlrd. so‘m) va Urganch tumani (312,6 mlrd. so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati