23/01/2024

2023- yilning 23- yanvar  kuni  Urganch shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida  seminar tashkil etildi.
Ushbu seminar ta’lim muassasasi o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lajak tadbirning targ‘ibotiga qaratilgan bo‘lib, unda boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Polvonova qatnashdi.
Seminarda ta’lim muassasasining pedagogik jamoasi hamda o‘quvchilariga aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ma’lumotlar berib o‘tildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.



Axborot xizmati