23/01/2024

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizning xizmatlar sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 7 725,1 mlrd so‘mni, viloyatning umumiy hajmidagi ulushi 58,2 %ni tashkil etgan.

2022- yilning tegishli davri bilan taqqoslaganda, kichik tadbirkorlikning xizmat ko‘rsatish hajmi 12,3 %ga o‘sgan.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining  yuqori ulushi ijara (98,6 foiz), savdo (94,4 foiz), yashash va ovqatlanish (93,1 foiz), transport (90,9 foiz), ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar (89,2 foiz) yo‘nalishlarida qayd etilgan. 

 

Axborot xizmati