19/01/2024

2024- yilning 19- yanvar kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-895-sonli qonun hamda “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori bo‘yicha ma’lumotlar berildi.


Boshqarma yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan xodimlarga ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib o‘tildi.


Axborot xizmati