19/01/2024

2024- yilning 1- yanvar holatiga viloyatimizda 23 854 ta kichik biznes subyekti faoliyat ko‘rsatgan.

Kichik korxona va mikrofirmalar sonida eng yuqori ulush savdo sohasi hissasiga to‘g‘ri kelib, umumiy sonning 38,7 %ini yoki 9 223 tasini tashkil qilgan.

Umumiy sonda boshqa faoliyat yo‘nalishidagi kichik biznes subyektlarining ulushi:

sanoat – 16,8 %

qishloq,o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 11,2 %

qurilish – 7,2 %

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 6,9 %

tashish va saqlash – 4,6 %

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 2,3 %

axborot va aloqa – 1,6 %

boshqa turlari – 10,7 %.

 

Axborot xizmati