19/01/2024

2024- yilning 1- yanvar holatiga viloyatimizda axborot va aloqa sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 393 tani tashkil qilgan.

Ularning eng ko‘pi aloqa (125 ta), kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar (122 ta), noshirlik faoliyati (65 ta), axborot xizmati ko‘rsatish sohasidagi faoliyat (53 ta) sohalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning 1- yanvari bilan taqqoslaganda soha korxonalarining soni 15 taga kamaygan.

Hududlar kesimida eng ko‘p korxona Urganch shahri (117 ta), Xiva shahri (46 ta), Xonqa (35 ta) va Urganch tumanlarida (31 ta) faoliyat ko‘rsatgan.

 

 

Axborot xizmati