19/01/2024

2023- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida o‘tkazilgan  kuzatuv natijalariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 1 213,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Bunda asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga to‘g‘ri kelib 523,7 mlrd so‘m miqdorda qayd etilgan.

Hududlar orasida Urganch shahri ( 310,0 mlrd so‘m), Shovot tumani (147,1 mlrd so‘m), Qo‘shko‘pir tumani (137,7 mlrd so‘m) dehqon bozorlarining savdo hajmi yuqori bo‘lgan.

 

Axborot xizmati