17/01/2024

2024- yilning 17- yanvar kuni Yangiariq tumanining “Chiqirchi” va "Do‘stlik" mahalla fuqarolar yig‘inlarida statistika idoralari mas’ullari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Uy xo‘jaliklarida aholi turmush darajasini aniqlash maqsadida tashkil etiladigan kuzatuvlarning maqsad va vazifalari, o‘rganish natijasida olinadigan ma’lumotlar va ularning ahamiyatiga bag‘ishlangan seminarda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev, boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishdi.


Tadbirda yuqoridagi mahalla faollari uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuviga tushgan xonadonlarda olib boriladigan so‘rovnomalarning xususiyati va mazmuni bilan tanishtirildi.



Axborot xizmati