17/01/2024

Xorazm viloyatida  2023- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovaraylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 12 706,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 8,5 %ga ko‘paydi.

Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 94,9 %ni tashkil etdi.

 

Kichik korxona va mikrofirmalarning chakana savdo hajmida yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan hududlar:

Urganch shahri – 111,4 %

Yangiariq tumani – 110,5 %

Xiva shahri – 110,2 %

Tuproqqal’a tumani – 109,7 %

Qo‘shko‘pir tumani – 108,9 %.

 

Axborot xizmati