11/01/2024

Viloyatimizning barcha hududlarida uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini o‘tkazishning maqsad va vazifalari hamda ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 10-11- yanvar kunlari ana shunday seminarlar Qo‘shko‘pir, Gurlan, Shovot, va Yangibozor tumanlarida tanlanma kuzatuvga tushgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etildi.


   Tadbirda Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘I X.Sa’dulla tomonidan mahalla faollariga mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun mazkur tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilganligi bo‘yicha tushuncha berildi.



Axborot xizmati