11/01/2024

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Shovot tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmi 586,8 mlrd so‘mni tashkil etib, umumiy hajmning 25,3 %i savdo xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2022- yilning 11 oyiga nisbatan hududda savdo xizmatlari hajmi 4,1 %ga oshgan va 148,5 mlrd so‘mni  tashkil qilgan.

Shuningdek yuqori hajmga transport (146,0 mlrd so‘m) va moliyaviy (117,2 mlrd so‘m) xizmatlari ham ega bo‘lgan.

2023- yilning 1- dekabr holatiga Shovot tumanida savdo sohasida 661 ta  korxona va tashkilot faoliyat olib borgan.

 

Axborot xizmati