09/01/2024

Mamlakatimiz aholisining yashash tarzi va turmush darajasini o'rganish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan tanlab olingan uy xo'jaliklarida kuzatuvlar o'tkazib kelinadi.
Joriy yilning 9- yanvar kuni Bog‘ot tumanining “Kulanqorabog‘”, "Ashxabod", Xonqa tumanining "Mustaqillik" va “Tayanch”, Xiva tumanining "Parchanxos" va Xiva shahrining “Gulirayxon”, “Qibla Tozabog‘”  mahalla fuqarolar yig‘inlarida statistika idoralari mas’ullari ishtirokida tashkil etilgan seminar uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini o‘tkazishning maqsad va vazifalari, o‘rganish natijasida olinadigan ma’lumotlar va ularning ahamiyatiga bag‘ishlandi.


Seminar ishida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov, boshliq o‘rinbosari U.Bardiyev, Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘I X.Sa’dulla va mutaxassislar ishtirok etishdi.
Tadbirda mahallalarning faollari uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuviga tushgan xonadonlarda olib boriladigan so‘rovnomalarning xususiyati va mazmuni bilan tanishtirildi.



Axborot xizmati