09/01/2024

2023- yilning 11 oyida Bog‘ot tumanida faoliyat yuritayotgan 64 ta kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 110,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Bu ko‘rsatkich tumanda bajarilgan jami qurilish ishlarining 42,3 %ini tashkil etgan.

Shuningdek qurilish ishlarining 6,3 %i yirik tashkilotlar, 51,4 %i norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yilning yanvar-noyabr oylari Bog‘ot tumanida bajarilgan qurilish ishlarining umumiy hajmi 260,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati