08/01/2024

Mamlakatimiz aholisining yashash tarzi va turmush darajasini o'rganish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan tanlab olingan uy xo'jaliklarida kuzatuvlar o'tkazib kelinadi.
2024- yilning 6-8- yanvar kunlari Urganch tumanining “Arablar”, "Qumrabot", "Oq ariklar" va “Tadqiqotchilar” mahalla fuqarolar yig‘inlarida statistika idoralari mas’ullari ishtirokida tashkil etilgan seminar uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini o‘tkazishning maqsad va vazifalari, o‘rganish natijasida olinadigan ma’lumotlar va ularning ahamiyatiga bag‘ishlandi.
Seminar ishida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i O.O'tamuratov va Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishdi.


Tadbirda yuqoridagi mahalla faollari uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuviga tushgan xonadonlarda olib boriladigan so‘rovnomalarning xususiyati va mazmuni bilan tanishtirildi.

 



Axborot xizmati