06/01/2024

2023- yilning 11 oyida viloyat sanoatida suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 110,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2022- yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’ati 104,0 % darajada qayd etilgan.

Ishlab chiqarishning o‘sishiga:

tabiiy suv, suvga ishlov berish va suv bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarning - 4,9 %ga

oqova suvlarni yo‘qotish, transportirovka qilish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlarning - 0,4 %ga,

xavfsiz chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha xizmatlarning -  4,5 %ga oshganligi ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

 

Axborot xizmati