06/01/2024

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Qo‘shko‘pir tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 30,0 mln AQSH dollarini, 2022 yilning mos davri bilan taqqoslaganda o‘sish sur’ati 154,6 %ni tashkil etgan.

TSA tarkibida eksport hajmi 7,7 mln dollarni (o‘sish sur’ati 65,7 %), import 22,2 mln dollarni (o‘sish 2,9 marta) tashkil qilgan.

Tuman eksportida eng yuqori ulush oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 78,9 %ni tashkil etgan, import tarkibida mashina va transport uskunalari ulushi 91,6 %ni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati