06/01/2024

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Gurlan tumanida faoliyat yuritayotgan 242 ta sanoat korxonasi tomonidan hajmi 472,9 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Umumiy hajmning 69,5 %i yirik korxonalar, 30,5 %i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Tuman sanoatida yuqori hajmga ega ishlab chiqarish faoliyat turlari:

to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 340,6 mlrd so‘m

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 92,7 mlrd so‘m

boshqa nometall mineral mahsulotlari ishlab chiqarish – 9,6 mlrd so‘m

boshqa tayyor buyumlar ishlab chiqarish – 8,1 mlrd so‘m

mebel ishlab chiqarish – 4,7 mlrd so‘m.

 

Axborot xizmati